O'zbekiston 01.03.2023

QXVda aholini xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash masalalari muhokama qilindi

Manba: The DairyNews
Dalaning o‘zida arzon sotilayotgan mahsulotning toki bozor rastasiga yetib kelgungacha narxi ko‘tarilib ketayotganining sababi nimada? Narxning bu tarzda sunʼiy oshib ketishi kimga bog‘liq? Xaridor arzon va xavfsiz mahsulot sotib olishi uchun nima qilish kerak? Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir Aziz Voitov va boshqarma boshliqlari hamda Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Bahodir Tojiyev hamda kotibiyat vakillaridan iborat Ishchi guruh hamkorligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish aynan ushbu masalalarning yechimiga bag‘ishlandi, deb yozadi The DairyNews Qishloq xo’jaligi vazirligi matbuot-xizmati ma’lumotlariga tayangan holda.
QXVda aholini xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash masalalari muhokama qilindi

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan yig‘ilishda ikkita muhim masalaga eʼtibor qaratildi:

Bozordagi narx-navolarni sunʼiy oshirishning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar;

Yaylovlar degradatsiyasini bartaraf etish bo‘yicha  amalga oshirilayotgan sa‘y-harakatlarni jadallashtirish.

Bahodir Tojiyevning taʼkidlashicha, Senat vakillari tomonidan joylardagi bozorlarda narx-navoning oshib ketishi sabablari o‘rganilgan. Bu masalaning yechimini topish yo‘lida Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlik qilish eng to‘g‘ri va oqilona yechim ekanligi qayd etildi.

Muloqotda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy Markazi va Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish agrotexnologiyasi bosh boshqarmasi rahbarlari mavzu bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
03.03.2022
2 mart kuni Vazirlar Mahkamasi inqiroz sharoitida aholi va biznesni qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi qonun loyihasini ma'qulladi. Xususan, hujjat allaqachon amalga oshirilayotgan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlar bir qator uzaytirish va yil 2022 oxirigacha ko'k sub'ektlarining tekshirish bo'yicha moratorium joriy etish nazarda tutadi. DairyNews bir tekshiruvda dolzarb ma'lumotlarni to'pladi.
To‘liq o‘qish
Апрель 2024
  • Пн
  • Вт
  • Ср
  • Чт
  • Пт
  • Сб
  • Вс
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • 9
  • 10
  • 11
  • 12
  • 13
  • 14
  • 15
  • 16
  • 17
  • 18
  • 19
  • 20
  • 21
  • 22
  • 23
  • 24
  • 25
  • 26
  • 27
  • 28
  • 29
  • 30
Taqvim