O'zbekiston 27.02.2023

«Veterinariya to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartishlar kiritilmoqda

Manba: The DairyNews
Joriy yil 24 fevral kuni Senatning Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi The DairyNews «Xalq so‘zi» gazetasi ma'lumotlariga tayangan holda.
«Veterinariya to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartishlar kiritilmoqda

Unda senatorlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari vakillari, ekspertlar, Yoshlar parlamenti a'zolari, tegishli vazirlik va idoralar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda «Veterinariya to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun muhokama qilindi.

Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi «Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni va 2022 yil 31 martdagi «Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Ta'kidlanishicha, Qonun bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti sifatida qayta tashkil etilganligi bois «Veterinariya to‘g‘risida»gi Qonunning 10-moddasiga tegishli tuzatish kiritilmoqda.

Tadbirkorlik sub'yektlari faoliyati ustidan vakolatli organlar tomonidan o‘tkaziladigan barcha nazorat tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilini xabardor qilgan holda o‘tkazilishi belgilanganligi munosabati bilan «Veterinariya to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasidagi «moneliksiz» degan so‘z «belgilangan tartibda» so‘zlari bilan almashtirilmoqda. Bu bilan bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari va davlat veterinariya inspektorlari davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi ob'yektlarga moneliksiz kirish emas, balki belgilangan tartibda kirish vakolatiga ega ekanligi belgilanmoqda.

Muhokama mobaynida ishtirokchilar tomonidan Qonun yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirdi.
03.03.2022
2 mart kuni Vazirlar Mahkamasi inqiroz sharoitida aholi va biznesni qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi qonun loyihasini ma'qulladi. Xususan, hujjat allaqachon amalga oshirilayotgan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlar bir qator uzaytirish va yil 2022 oxirigacha ko'k sub'ektlarining tekshirish bo'yicha moratorium joriy etish nazarda tutadi. DairyNews bir tekshiruvda dolzarb ma'lumotlarni to'pladi.
To‘liq o‘qish
Апрель 2024
  • Пн
  • Вт
  • Ср
  • Чт
  • Пт
  • Сб
  • Вс
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • 9
  • 10
  • 11
  • 12
  • 13
  • 14
  • 15
  • 16
  • 17
  • 18
  • 19
  • 20
  • 21
  • 22
  • 23
  • 24
  • 25
  • 26
  • 27
  • 28
  • 29
  • 30
Taqvim