Naslli otlarni sun'iy urug‘lantirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yagona stansiya Sirdaryoda tashkil etiladi

Manba: The DairyNews
«Yaksart tulpori» naslli yilqichilik fermer xo‘jaligi mutaxassislari hamda hayvonlarni ko‘paytirish, sun'iy urug‘lantirish, embrion transplantatsiyasi bo‘yicha hizmatlar ko‘rsatuvchi va texnologiyalarni yetkazib beruvchi dunyoda yetakchi bo‘lgan Germaniyaning «Minitube» kompaniyasi ijrochi direktori Nataliya Gebel ishtirokida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi, xabar beradi The DairyNews «O‘znaslchilik» DK ma'lumotlariga tayangan holda.
Naslli otlarni sun'iy urug‘lantirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yagona stansiya Sirdaryoda tashkil etiladi

Seminar tashabbuskori - «O‘znaslchilik» davlat korxonasi Sirdaryo innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi. Unda xorijiy tajribalar bilan bir qatorda O‘zbekistonda sun'iy urug‘lantirishga berilayotgan e'tibor va imkoniyatlar alohida e'tirof etildi.

Xususan, Sirdaryo innovatsion hududida «Qorabayir ot zotining naslini yaxshilash, oziqlantirish, ko‘paytirish va ot sporti o‘yinlariga tayyorlash» mavzusidagi tijoratlashtirish loyihasi doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi mablag‘lari hisobidan fermer xo‘jaligida tashkil etilgan ilmiy labaratoriya va unda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Kelishuvga asosan «Minitube» kompaniyasi «Yaksart tulpori» naslli yilqichilik fermer ho‘jaligini yuqori samarali otlarni sun'iy urug‘lantirish uskunalaridan iborat laboratoriya liniyasi bilan ta'minlaydi.

«Mazkur loyiha amalga oshgach, fermer xo‘jaligimiz negizida Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan naslli otlarni sun'iy urug‘lantirish stansiyasi tashkil etiladi, - deydi «Yaksart tulpori» naslli yilqichilik fermer xo‘jaligining zootexnik-seleksioneri Suhrob Begmatov. - Stansiyada asl zotli qorabayir otlarining urug‘lari olinadi, laboratoriya sharoitida olingan urug‘lar tahlil qilinadi va qadoqlanadi, shuningdek - 196 gradus sovuq haroratda, suyuq azotda uzoq davr, hatto ming yilgacha saqlanadi. Natijada zot buzilmaydi, qolaversa, naslli otni ko‘paytirish xarajati va vaqti qisqaradi. Ya'ni, deylik, naslli ayg‘ir besh yilda nasl olishga tayyor bo‘ladi. U shu yoshga yetguncha ancha mablag‘ sarflanadi, mehnat qilinadi. Eng muhimi, sun'iy urug‘lantirish natijasida zotdor otlardan uzoq yillar davomida nasl olish kafolati yuqori bo‘ladi. Yana bir jihati, laboratoriyaning chuqur tahlillaridan o‘tgan urug‘lardan tug‘iladigan qulunlar kasalliklarga chidamli bo‘ladi. Ushbu jarayonda sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilinadi».

Ma'lum qilinishicha, qorabayir ot zotining naslini yaxshilash, ko‘paytirish bilan bog‘liq mazkur loyiha Innovatsion rivojlanish vazirligining moliyaviy ko‘magi asosida amalga oshiriladi.
03.03.2022
2 mart kuni Vazirlar Mahkamasi inqiroz sharoitida aholi va biznesni qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi qonun loyihasini ma'qulladi. Xususan, hujjat allaqachon amalga oshirilayotgan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlar bir qator uzaytirish va yil 2022 oxirigacha ko'k sub'ektlarining tekshirish bo'yicha moratorium joriy etish nazarda tutadi. DairyNews bir tekshiruvda dolzarb ma'lumotlarni to'pladi.
To‘liq o‘qish
Апрель 2024
  • Пн
  • Вт
  • Ср
  • Чт
  • Пт
  • Сб
  • Вс
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • 9
  • 10
  • 11
  • 12
  • 13
  • 14
  • 15
  • 16
  • 17
  • 18
  • 19
  • 20
  • 21
  • 22
  • 23
  • 24
  • 25
  • 26
  • 27
  • 28
  • 29
  • 30
Taqvim