O'zbekiston 20.02.2023

Namangan viloyatida Tadbirkorlar kengashi ish boshladi

Manba: xs.uz
Davlatimiz rahbari 2022 yil 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida Namangan viloyati tadbirkorlariga yuqori baho berib, «Namangan tadbirkorlik bo‘yicha respublikada birinchi», deb e'tirof etgan edi.
Namangan viloyatida Tadbirkorlar kengashi ish boshladi

Darhaqiqat, Namangan viloyatida iqtisodiyotning mustahkam tayanchiga aylangan ushbu soha taraqqiyotiga doimiy e'tibor qaratilmoqda. Natijalar esa yildan-yilga yuqorilab boryapti. Buni, jumladan, so‘nggi besh yilda sanoat, xizmatlar va tadbirkorlikning boshqa sohalarida «katta sakrash» bo‘lgani ham tasdiqlaydi. Ayni vaqt ichida korxonalar soni 15 mingtaga ko‘payib, 32,5 mingtaga yetdi. O‘tgan yilning o‘zida ular safiga 5500 ta yangi tadbirkorlik sub'yektlari qo‘shildi. Bu davrda xususiy biznes vakillari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 1,6 baravarga oshdi. «Namangan tajribasi» sifatida shahar va tumanlarda tashkil etilgan 72 ta kichik sanoat zonalarida bugungi kunga qadar qiymati 4,8 trillion so‘mlik 650 tadan ortiq loyihalar amalga oshirilib, ushbu korxonalar tomonidan 38 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Joriy yilning 3 fevral kuni Namangan viloyatiga tashrif chog‘ida davlatimiz rahbari tomonidan hududning tadbirkorlik salohiyati , biznes uchun yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit yana bir bor e'tirof etilib, bu yerda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda viloyatni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsadida «Tadbirkorlar kengashi»ni tashkil etish topshirig‘i berilgan edi.

Kuni kecha viloyat markazidagi «Barkamol avlod» yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida ana shu Kengashning ta'sis yig‘ilishi o‘tkazildi. Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda Kengashning faol tadbirkorlar va klaster rahbarlaridan iborat tarkibi tasdiqlanib, amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Ta'sis yig‘ilishida Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.

03.03.2022
2 mart kuni Vazirlar Mahkamasi inqiroz sharoitida aholi va biznesni qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi qonun loyihasini ma'qulladi. Xususan, hujjat allaqachon amalga oshirilayotgan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlar bir qator uzaytirish va yil 2022 oxirigacha ko'k sub'ektlarining tekshirish bo'yicha moratorium joriy etish nazarda tutadi. DairyNews bir tekshiruvda dolzarb ma'lumotlarni to'pladi.
To‘liq o‘qish
Апрель 2024
  • Пн
  • Вт
  • Ср
  • Чт
  • Пт
  • Сб
  • Вс
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • 9
  • 10
  • 11
  • 12
  • 13
  • 14
  • 15
  • 16
  • 17
  • 18
  • 19
  • 20
  • 21
  • 22
  • 23
  • 24
  • 25
  • 26
  • 27
  • 28
  • 29
  • 30
Taqvim