Andijonda 511 gektar yerda «Nethouse» usulida issiqxonalar yaratiladi
Manba: The DairyNews
Andijon viloyati Asaka tumanida nethouse uslubida zamonaviy issiqxona barpo etilmoqda. Viloyatda bu kabi issiqxonalar ko‘lamini oshirish maqsadida 511 gektar yer maydoni ajratildi. Ahamiyatli jihati shundaki, ular foydalanilmay turgan adirliklarda barpo etilmoqda.
- «Nethouse» so‘zini o‘zbek tiliga tarjima qilganda, «To‘rli uy» ma'nosini anglatadi, - deydi loyiha rahbari Sherzodbek Saidov. - Bu turdagi issiqxonalar yozgi faoliyatga moslashgan bo‘lib, ustki qismi maxsus to‘r bilan qoplanadi. Qoplama quyoshning ultrabinafsha nurini qaytarib, o‘simlikni kerakli mikdordagi oftob nuri va issiqlik bilan ta'minlab beradi. To‘rning ustidan fitohimoyalangan qoplama tortilishi evaziga ekinlarga kimyoviy ishlov berilmaydi. Shu bois bu kabi issiqxonalarda yetishtirilgan hosil yuz foiz ekologik toza va xavfsiz hisoblanadi. Qolaversa, ochiq maydonda parvarishlangan o‘simlikka nisbatan besh barobar ko‘p hosil beradi. Eng muhimi, bu uslubda yetishtirilgan meva-sabzavotlar jahon bozorida xaridorgir».
Tumanning Alisher Navoiy nomidagi massivida qurilayotgan ushbu issiqxonada bir yilda 7 ming tonna hosil yetishtirish ko‘zda tutilgan. Buning natijasida davlat byudjetiga 9 mlrd. so‘m mablag‘ kelib tushadi va, asosiysi, 600 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Shu oyning oxirida ishga tushiriladigan maskanda parvarishlash uchun Ispaniyadan golubika va malina ko‘chatlari olib kelindi.Популярные темы
03.03.2022
2 mart kuni Vazirlar Mahkamasi inqiroz sharoitida aholi va biznesni qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi qonun loyihasini ma'qulladi. Xususan, hujjat allaqachon amalga oshirilayotgan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlar bir qator uzaytirish va yil 2022 oxirigacha ko'k sub'ektlarining tekshirish bo'yicha moratorium joriy etish nazarda tutadi. DairyNews bir tekshiruvda dolzarb ma'lumotlarni to'pladi.
To‘liq o‘qish