O'zbekiston 15.02.2023

Farmon loyihasi: suvni yetkazib berishdagi tabiiy yo‘qotishlar salmog‘i 10 foizgacha kamaytiriladi

Manba: The DairyNews
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida"gi farmoni loyihasida qishloq xo‘jaligini suv resurslari bilan barqaror ta'minlash xususida so‘z boradi. Loyihada2023 yilda suv resurslarini boshqarishda “vazir - mirob -fermer” uzluksiz tizimini yo‘lga qo‘yish hamda suvni tejaydigan raqamli texnologiyalarni joriy qilish hisobiga suvni yetkazib berishdagi tabiiy yo‘qotishlar salmog‘i 10 foizgacha kamaytirilishi ko‘zda tutilmoqda, deb yozadi The DairyNews.
Farmon loyihasi: suvni yetkazib berishdagi tabiiy yo‘qotishlar salmog‘i 10 foizgacha kamaytiriladi

Suv solig‘i bo‘yicha tushumlarning 25 foizi tumanlarda sug‘orish xizmatlarini rivojlantirish, ariq, zovur va kanallarni betonlashga yo‘naltiriladi. Natijada, suv resurslari to‘g‘ridan-to‘g‘ri fermerlar chegarasigacha yetkazib beriladi va ortiqcha byurokratik to‘siqlar bartaraf etiladi.

Ichki xo‘jalik sug‘orish tarmoqlarining 77 foiz (119,5 ming km) sug‘orish tarmog‘i tuproq o‘zanli bo‘lib, 44 foiz (68,3 ming km) tarmoq ta'mirlash va tiklashga, 10 foiz (15,5 ming km) tarmoq esa, rekonstruksiya qilishga muhtoj. Suv iste'molchilarining suv olish joylari esa aksariyat holda suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan.

Shu sababli, irrigatsiya tizimi va sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti past bo‘lib, asosiy manbalardan olinadigan suvning 35-40 foizi sug‘orish tarmoqlarida yo‘qotilmoqda.

Loyihada Suv xo‘jaligi vazirligi zimmasiga 2023 yil yakuniga qadar suv resurslarini boshqarishda raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish, zarur irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish orqali kamida 7 milliard kub metr suv iqtisod qilinishini hamda 300 ming gektar maydonda takroriy ekinlar sug‘orishga yo‘naltirilishini ta'minlash vazifasi yuklandi.

Suv resurslarini boshqarishda raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish, zarur irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish orqali 2023 yilda kamida 7 milliard kub metr suvni iqtisod qilib, 300 ming gektar takroriy ekinlarni sug‘orishga yo‘naltirish imkoniyati yaratiladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050 yilgacha Sirdaryo havzasida suv resursi 5 foizga, Amudaryo havzasida 15 foizgacha kamayishi kutilmoqda. Talabga nisbatan yetishmaydigan suvning qariyb 12 milliard kub metr qismi suv iqtisod qilish tadbirlari hisobiga qoplanib, O‘zbekistonda 2030 yilga borib yetishmaydigan suv 3 milliard kub metrni tashkil qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, mazkur farmon yuzasidan jamoatchilik muhokamalari joriy yil 17 fevralga qadar davom etadi.

03.03.2022
2 mart kuni Vazirlar Mahkamasi inqiroz sharoitida aholi va biznesni qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi qonun loyihasini ma'qulladi. Xususan, hujjat allaqachon amalga oshirilayotgan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlar bir qator uzaytirish va yil 2022 oxirigacha ko'k sub'ektlarining tekshirish bo'yicha moratorium joriy etish nazarda tutadi. DairyNews bir tekshiruvda dolzarb ma'lumotlarni to'pladi.
To‘liq o‘qish
Апрель 2024
  • Пн
  • Вт
  • Ср
  • Чт
  • Пт
  • Сб
  • Вс
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • 9
  • 10
  • 11
  • 12
  • 13
  • 14
  • 15
  • 16
  • 17
  • 18
  • 19
  • 20
  • 21
  • 22
  • 23
  • 24
  • 25
  • 26
  • 27
  • 28
  • 29
  • 30
Taqvim