O'zbekiston 03.02.2023

Yangi qishloq xo‘jaligi mashinalari FAO vakillariga namoyish etildi

Manba: The DairyNews
2023 yilning 31 yanvar kuni BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurishdi, deb yozadi The DairyNews vazirlik matbuot xizmati ma’lumotlariga tayangan holda.

Ular ilmiy-tadqiqot institutida olib borilayotgan ishlar, minimal texnologiyalar asosida mahsulot yetishtirishga mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi mashinalarining yangi namunalari bilan tanishdilar.

Ikki tomonlama uchrashuvda:

  • dunyoda ro‘y berayotgan global iqlim o‘zgarishi;

  • tuproq unumdorligini saqlash, yer va atrof muhitni muhofaza qilish;

  • qishloq xo‘jaligi sohasida xorij tajribalarini o‘rganish, yosh olimlarning tajribasini oshirish;

  • tuproqqa minimal ishlov berish, cho‘l-yaylovlardan unumli foydalanish kabi mavzular muhokama etildi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida tomonlar sohadagi muammolarni bartaraf etish, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish bo‘yicha hududlarda seminar-treninglar o‘tkazish hamda o‘zaro hamkorlikda maqsadli loyihalarni amalga oshirishga kelishib olishdi.
03.03.2022
2 mart kuni Vazirlar Mahkamasi inqiroz sharoitida aholi va biznesni qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi qonun loyihasini ma'qulladi. Xususan, hujjat allaqachon amalga oshirilayotgan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlar bir qator uzaytirish va yil 2022 oxirigacha ko'k sub'ektlarining tekshirish bo'yicha moratorium joriy etish nazarda tutadi. DairyNews bir tekshiruvda dolzarb ma'lumotlarni to'pladi.
To‘liq o‘qish
Июнь 2023
  • Пн
  • Вт
  • Ср
  • Чт
  • Пт
  • Сб
  • Вс
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • 9
  • 10
  • 11
  • 12
  • 13
  • 14
  • 15
  • 16
  • 17
  • 18
  • 19
  • 20
  • 21
  • 22
  • 23
  • 24
  • 25
  • 26
  • 27
  • 28
  • 29
  • 30
Taqvim