O'zbekiston 10.03.2023

O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorligi masalalarini muhokama qildilar

Manba: The DairyNews
Shu kunlarda Mo‘g‘ulistondan tashrif buyurgan delegatsiya O‘zbekistondagi turli soha vakillari bilan ko‘pqirrali hamkorlik qilish bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda. Mamlakatimizda Mo‘g‘uliston elchixonasini ochish rejalashtirilgan, xabar beradi The DairyNews Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga tayangan holda.
O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorligi masalalarini muhokama qildilar

Tashrif davomida Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg boshchiligidagi mo‘g‘ul delegatsiyasi bugun O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bilan uchrashdi. Tomonlar ikki mamlakatning qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorligi masalalarini muhokama qildilar. Mo‘g‘uliston mamlakatimizni Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy va savdo  yo‘nalishlaridagi ishtirokini kengaytirish uchun muhim mamlakat deb biladi. Ta‘kidlash joizki, 2022-yilda Mo‘g‘uliston bilan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining aylanmasi 5,5 million dollarni tashkil etdi. Мuzokaralarda tomonlar agrar sohada hamkorlikni kengaytirishga va munosabatlarni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Shunday qilib, tomonlar go‘sht, go‘sht mahsulotlari va terini eksport qilishni yo‘lga qo‘yishga, shuningdek, intensiv bog‘lar va issiqxonalarni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashishni kuchaytirishga qaror qilishdi. Shuningdek, tomonlar 2023-yilning birinchi yarmida Toshkentda O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston hukumatlararo komissiyasining 1-majlisini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.

Batmunx Batsetseg, Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vaziri:

— O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonning diplomatik aloqalari yo‘lga qo‘yilganiga o‘n yildan oshdi va bu muddat davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik salohiyatini kuchaytirishga arziydi, deb hisoblaymiz. Mo‘g‘ulistonning siyosiy pozitsiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, ayniqsa, O‘zbekiston bilan pragmatik munosabatlarni o‘rnatishdan iborat. Mamlakatlarimiz jahon dengiziga chiqish imkoniga ega emas, mo‘g‘ul tomoni O‘zbekistonning geografik joylashuvidan tranzit markazi sifatida manfaatdor. Biz mamlakatingizga go‘sht mahsulotlari, charm buyumlar va boshqa mahsulotlarni eksport qilishga e‘tibor qaratamiz. Shuningdek, o‘tgan yildan boshlab biz mahsulotlarni qayta ishlash va saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan “karantin zonalari”ni ishga tushirdik. Biz O‘zbekiston bilan oziq-ovqat xavfsizligi masalalari bo‘yicha ham hamkorlik qilmoqchimiz. O‘zbekistonning Mo‘g‘uliston bilan munosabatlari ijobiy yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ma‘lumki, Mo‘g‘ulistonning Toshkentdagi elchixonasini ochish bo‘yicha allaqachon kelishuvlar mavjud. Umid qilamizki, yaqin orada mamlakatlarimiz o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovi masalalari ham hal qilinadi, bu, albatta, turizmni rivojlantirishga, shuningdek, savdo-iqtisodiy munosabatlarimizni yo‘lga qo‘yishga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Mo‘g‘uliston bilan amaliy o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov:

– Fan va texnologiyada bir-birini to‘ldiruvchi tarmoqlarni aniqlashimiz kerak, deb o‘ylayman. Masalan, o‘zbek tomoni intensiv bog‘lar va issiqxonalar yaratish bo‘yicha tajriba almashishga tayyor, shuningdek, Mo‘g‘ulistonning chorvachilik va veterinariya sohasidagi tajribasini o‘rganishdan manfaatdor. Shuningdek, biz mamlakatimizga “halol” yorlig‘i bilan go‘sht mahsulotlarini import qilishni afzal ko‘ramiz. Mo‘g‘uliston O‘zbekistondagi meva-sabzavot mahsulotlariga barqaror talabgor. Bundan tashqari, o‘zbek tomoni yong‘oq, qandolat mahsulotlari, shokolad, pechene, sharob va tamaki yetkazib berishga tayyor. Biz o‘zaro mahsulot etkazib berishga qiziqqan korxonalar ro‘yxatini tuzishimiz, shuningdek, ular o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatishimiz kerak deb hisoblaymiz. Turizm sohasidagi  istiqbollarni e‘tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda Mo‘g‘uliston imijini yaratish uchun bizdan ikki mamlakatning turizm sohasiga oid tadbirlarni tashkil qilish talab qilinadi.

Shuningdek, vazir Aziz Voitov joriy yilning 16-18-mart kunlari O‘zbekistondan Ishchi guruh Mo‘g‘ulistonga yuborilishini, uning tarkibida tadbirkorlar ham bo‘lishini ma‘lum qildi. Ular Mo‘g‘uliston ishlab chiqaruvchilari bilan mahsulot yetkazib berish va hamkorlik masalalari bo‘yicha ish olib borishlari, shuningdek, chorvachilik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishlari mumkin. Tashrif davomida delegatsiya Mo‘g‘ulistonda chorva mollarini birgalikda ko‘paytirish, keyinchalik go‘sht mahsulotlarini kombinatlarda qayta ishlash uchun O‘zbekistonga eksport qilish imkoniyatlarini baholay oladi.

Tilyeukhan Aubakir, Mo‘g‘ulistonning Buyuk Davlat Xurali deputati:

— Bugun biz mamlakatingizga go‘sht, go‘sht mahsulotlari va terini eksport qilish masalalarini muhokama qildik. Mo‘g‘ulistonda boshqa davlatlarga 20 million tonnagacha go‘sht eksport qilish uchun imkoniyat mavjud. O‘zbekistonda esa, go‘sht va go‘sht mahsulotlariga talab katta ekanligi ma’lum. Shuni ta’kidlash kerakki, Mo‘g‘ulistonda tayyorlanayotgan go‘shtlar “halol” sertifikatiga ega va sizning davlatingizning talabi ham shu. Mamlakatingiz agrar sohada katta eksport salohiyatiga ega ekanligiga ishonaman. Biz mamlakatlarimiz o‘rtasida eksport va import bo‘yicha iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga tayyormiz.

Uchrashuv yakunida tomonlar esdalik sovg‘alarini almashdilar, shuningdek, agrosanoat majmui tarmog‘ida barcha yo‘nalishlarda samarali ishlar olib borilishi kerakligi to‘g‘risida kelishib oldilar. Bu esa, joriy yilning iyun oyida Hindistonda bo‘lib o‘tadigan ShHT navbatdagi sammitida davlat rahbarlarining bo‘lajak uchrashuvi uchun yaxshi asos bo‘ladi.
03.03.2022
2 mart kuni Vazirlar Mahkamasi inqiroz sharoitida aholi va biznesni qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi qonun loyihasini ma'qulladi. Xususan, hujjat allaqachon amalga oshirilayotgan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlar bir qator uzaytirish va yil 2022 oxirigacha ko'k sub'ektlarining tekshirish bo'yicha moratorium joriy etish nazarda tutadi. DairyNews bir tekshiruvda dolzarb ma'lumotlarni to'pladi.
To‘liq o‘qish
  • Пн
  • Вт
  • Ср
  • Чт
  • Пт
  • Сб
  • Вс
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • 9
  • 10
  • 11
  • 12
  • 13
  • 14
  • 15
  • 16
  • 17
  • 18
  • 19
  • 20
  • 21
  • 22
  • 23
  • 24
  • 25
  • 26
  • 27
  • 28
  • 29
  • 30
  • 31
Taqvim