O'zbekiston 05.06.2023

O‘zbekiston-Jahon banki: 2023-2024 yillardagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi

Manba: uza.uz
O‘zbekiston Respublikasii iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassani bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
O‘zbekiston-Jahon banki: 2023-2024 yillardagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi

Ikki tomon vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuv avvalida iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Antonella Bassanini Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti lavozimiga tayinlangani hamda O‘zbekistonga ilk marotaba tashrifi bilan qutladi.

Uchrashuv kun tartibida Jahon bankining joriy investitsion loyihalar portfeli hamda 2023-2024 yillardagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Antonella Bassani qayd etganidek, O‘zbekistonda erishilgan makroiqtisodiy barqarorlikni barcha e’tirof etmoqda. O‘zbekiston bunga erishgan mintaqadagi sanoqli davlatlardan biridir. Oxirgi 3 yilgi inqirozli davrda juda kam sonli mamlakatlar bunga erishgan.

Uchrashuv davomida xorijiy hamkorga bugun xalqaro maydondagi geosiyosiy vaziyatga qaramay, mamlakatimizda aholi daromadlari oshayotgani, tadbirkorlik, xususan, kichik biznesning rivojlanayotgani iqtisodiy o‘sishga zamin yaratayotgani haqida ma’lumot berildi.

Unda Islohotlar dasturi doirasida mamlakat uchun muhim bo‘lgan energetika, telekommunikatsiya, kimyo sanoati, transport, ijtimoiy va gender tenglik kabi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ham fikr almashildi. Jahon banki bilan hamkorlikda mazkur yo‘nalishlardagi ishlarni davom ettirishga kelishildi.

Jahon banki vakillari tomonidan bir sohada amalga oshiriladigan islohotlar iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi hamda ularning transformatsiyasiga hissa qo‘shishi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv doirasida Jahon banki bilan “Chorvachilik sohasini rivojlantirishning 2-bosqichi” va “Moliya sektorini isloh qilish” loyihalari bo‘yicha hujjatlar imzolandi.

Tomonlar uchrashuv yakunida hamkorlikdagi loyihalarni kelgusida jadal rivojlantirish, belgilab olingan vazifalarni amalga oshirishga kelishib oldi.

03.03.2022
2 mart kuni Vazirlar Mahkamasi inqiroz sharoitida aholi va biznesni qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi qonun loyihasini ma'qulladi. Xususan, hujjat allaqachon amalga oshirilayotgan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlar bir qator uzaytirish va yil 2022 oxirigacha ko'k sub'ektlarining tekshirish bo'yicha moratorium joriy etish nazarda tutadi. DairyNews bir tekshiruvda dolzarb ma'lumotlarni to'pladi.
To‘liq o‘qish
Апрель 2024
  • Пн
  • Вт
  • Ср
  • Чт
  • Пт
  • Сб
  • Вс
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • 9
  • 10
  • 11
  • 12
  • 13
  • 14
  • 15
  • 16
  • 17
  • 18
  • 19
  • 20
  • 21
  • 22
  • 23
  • 24
  • 25
  • 26
  • 27
  • 28
  • 29
  • 30
Taqvim