Qishloq xo‘jaligini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha FAO bilan qo’shma loyiha amalga oshiriladi
Uchrashuvda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va FAOning “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini raqamli transformatsiya qilish asoslarini tayyorlash” qo‘shma loyihasi muhokama qilindi.
Ushbu loyihaning maqsadi raqamli qishloq xo‘jaligini rag‘batlantirish va qishloq joylarida raqamli transformatsiyani tezlashtirish bo‘yicha umummilliy ko‘p tarmoqli harakat dasturini ishlab chiqish, shuningdek, raqamlashtirish sohasida fermerlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Tomonlar kichik va oilaviy fermerlarning innovatsion agrobiznes amaliyotlaridagi salohiyati, resurslar, texnologiyalar, sarmoya va muqobil daromad olish imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Loyihaning maqsadlariga erishish uchun raqamli qishloq xo‘jaligi sohasida “Milliy konsepsiya va harakat dasturi” loyihasini ishlab chiqish taklif qilindi.
Bundan tashqari, ushbu loyiha bo‘yicha seminar 2023-yil 1-martda boshlanadi.