O'zbekiston 21.02.2023

Yaylov yer maydonlarining elektron hisobi yuritiladi

Manba: The DairyNews
Prezident 16 fevralda PF-24-son “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmonni imzoladi, deb yozadi The DairyNews Adliya vazirligi ma'lumotlariga tayangan holda.

Farmonga ko‘ra, xalqaro moliya institutlarining 7,8 mln AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘idan 2023 yilda quyidagi choralar ko‘riladi:

  • yillik quvvati 10 ming tonna bo‘lgan mayda shoxli mollar uchun omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil qilish;

  • chorva hayvonlari genetik tadqiqoti laboratoriyasini tashkil qilish;

  • qorako‘lchilik-naslchilik xo‘jaliklarida 500 ming bosh mayda shoxli mollarni raqamli identifikatsiya qilish.

Shuningdek, don yetishtirish uchun 800 gektar yaylov o‘zlashtiriladi.

Farmonga ko‘ra, 500 gektar yaylovda quyosh energiyasida ishlaydigan nasos agregatlari yordamida yerosti suvlarini chiqarish hamda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha namunaviy pilot loyihasi amalga oshiriladi.

2023 yil 1 avgustgacha:

  • ijaraga berilgan yaylov yer maydonlari (o‘rmon fondi yerlari bundan mustasno) xatlovdan o‘tkazilib, yaylovlardan foydalanishning holati hamda shartnoma talablari bajarilganligi o‘rganiladi;

  • yaylov yer maydonlaridan maqsadsiz foydalangan holatlar yuzasidan choralar ko‘riladi;

  • yaylov yer maydonlarining elektron hisobini yuritish yo‘lga qo‘yiladi.

2023 yil 1 sentyabrgacha yangi tahrirdagi “Yaylovlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
03.03.2022
2 mart kuni Vazirlar Mahkamasi inqiroz sharoitida aholi va biznesni qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi qonun loyihasini ma'qulladi. Xususan, hujjat allaqachon amalga oshirilayotgan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlar bir qator uzaytirish va yil 2022 oxirigacha ko'k sub'ektlarining tekshirish bo'yicha moratorium joriy etish nazarda tutadi. DairyNews bir tekshiruvda dolzarb ma'lumotlarni to'pladi.
To‘liq o‘qish
  • Пн
  • Вт
  • Ср
  • Чт
  • Пт
  • Сб
  • Вс
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • 9
  • 10
  • 11
  • 12
  • 13
  • 14
  • 15
  • 16
  • 17
  • 18
  • 19
  • 20
  • 21
  • 22
  • 23
  • 24
  • 25
  • 26
  • 27
  • 28
  • 29
  • 30
  • 31
Taqvim