O'zbekiston 06.09.2022

«Suvdan noto‘g‘ri foydalanish O‘zbekistonga xatarlar tug‘diradi» - Jahon banki iqtisodchisi

Manba: kun.uz
Jahon banki joriy yil may oyida O‘zbekistonning inklyuziv rivojlanishiga oid hisobotni e'lon qildi. Tadqiqotda 4 ta rivojlanish yo‘nalishlari O‘zbekistonning iqtisodiy kelajagi uchun muhim omillar sifatida belgilangan. Jahon banki iqtisodchisi Villiam Zeyts Kun.uz bilan suhbatda ustuvor yo‘nalishlar haqida gapirdi.
«Suvdan noto‘g‘ri foydalanish O‘zbekistonga xatarlar tug‘diradi» - Jahon banki iqtisodchisi

«Birinchisi, xususiy sektor asosiy yetakchi rolni bajarishi kerakligidir. Muvaffaqiyatli davlatlarda yuqori daromadga erishish xususiy sektor sababli amalga oshadi. Chunki ular bandlikni ta'minlash, ya'ni yangi ish o‘rinlarini yaratishda katta ulushga ega. Shuningdek, ular oylik maosh miqdori oshishida ham yetakchi vazifani bajaradi. Shu sababli xususiy sektorga ishlab chiqarish omillari, kapital va yerdan teng foydalanish imkoniyatlarini yaratib berish kerak.  Ikkinchisi - hukumatning vazifasi. Avvalroq aytganimizdek, ishlab chiqarishga kamroq e'tibor qaratgan holda asosiy e'tiborni mustahkam ishonchli tartibga soluvchi qonunchilikka qaratish kerak. Shuningdek, hukumat, hokimiyat organlarining salohiyatiga ishonch hosil qilish kerak. Asosiy talablar hukumat kuchli fiskal siyosati yuritishiga oid. Bu xususan, soliq qonunchiligini samarali amalga oshirishni, olingan mablag‘larni tegishli va samarali sarflashni ta'minlashni taqozo qiladi. Bularning barini O‘zbekiston hukumati ustuvor vazifa sifatida belgilagan, endi buni davom ettirish kerak», - deydi u.

Villiam Zeyts uchinchi yo‘nalish - inson kapitali va inklyuzivlik haqida gapirarkan, unga shaxsan o‘zi qiziqish bildirganini ta'kidlaydi.

«Bu borada hukumat haqiqatan bir necha yil davomida jiddiy qadamlar tashladi, ammo shu bilan birga qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p. O‘zbekistonda ishlashning eng yaxshi jihatlaridan biri - hukumatning bu yo‘nalishda amalga oshirgan investitsiyalarini ko‘rishdir. Xususan, bu inson kapitaliga oid. Odamlarni sog‘liqni saqlash va ta'lim imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyati bilan ta'minlash va bu bilan bog‘liq xatarlardan xoli etish juda zarur. Ba'zi yo‘nalishlarni biz o‘z hisobotimizda ko‘rsatib o‘tganmiz. Bular boshlang‘ich va o‘rta ta'limdagi muammolar. Ya'ni o‘qituvchilar tegishli materiallarga egaligi va ta'lim sifati - bularning barchasi shu yo‘nalishda qilinishi kerak bo‘lgan ishlardir.

O‘zbekiston hukumati juda katta e'tiborini uchlamchi ta'limga qaratgan, bu - kasbiy ta'lim. Kasbiy ta'lim iqtisodiy kelajak va xalq uchun muhim, lekin aholining nisbatan kichik qismi uchlamchi ta'limga jalb qilinganini inobatga olsak, bu O‘zbekistonga salbiy ta'sir qilgandi.

Lekin so‘nggi yillarda jalb qilinuvchilarning soni o‘sib bordi. Yoshlar foydalanishi mumkin bo‘lgan ta'lim yo‘nalishlari juda ko‘p. Shuningdek, maktabgacha ta'lim, ya'ni yosh bolalar uchun ham ta'lim rivojlanmoqda», - deydi u.

Tadqiqotda to‘rtinchi yo‘nalish sifatida ekologik barqarorlik va atrof-muhit muhofazasi belgilangan. Iqtisodchi Jahon banki aynan shu yo‘nalishga alohida e'tibor qaratgani sabablarini keltirdi.

«O‘zbekiston o‘tmishdan juda ko‘p resurslarni talab qiluvchi ishlab chiqarishni meros qilib olgan. Juda ko‘p suv iste'mol qiladi va tovarlarni ishlab chiqarish uchun juda ko‘p tabiiy resurslardan foydalanadi. Bu mamlakatni muayyan xatarlarga qo‘yadi.

Ushbu resurslardan yanada samarali foydalanish uchun juda ko‘p imkoniyatlar bor. Agar O‘zbekiston zamonaviy texnologiyalarni qo‘llaydigan, yashil iqtisodiyotga o‘tadigan bo‘lsa va ularni qishloq xo‘jaligi hamda boshqa iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘llaydigan bo‘lsa, O‘zbekiston hozirgi kunda sarflaydigan resurslarni juda katta miqdorda tejashi mumkin bo‘ladi. Ularni yanada ko‘proq o‘sishga yo‘naltirishi mumkin. Bu esa odamlarning kundalik hayotlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi, chunki atrof-muhit ifloslanishi yoki shunga o‘xshash boshqa jarayonlar ularning hayotiga salbiy ta'sir qiladi. Odamlar ko‘proq yashil maskanlarni ko‘rishni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan ko‘proq daromad olishni xohlashadi. Bu masalaning barchasi yaxshiroq yashil iqtisodiyotga o‘tishning bir qismi va ushbu sohaga jahon banki o‘z hisobotida alohida e'tibor bergan», - deydi Zeyts.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ekologiya amaliy jihatdan ko‘p sabablarga ko‘ra yuqori ustuvorlikka ega masala va odamlar toza atrof-muhitda yashashni xohlashlari ham iqtisodiy va ham hayotiy qiymat hosil qiladi.

«Odamlar qadrlaydigan narsalarga ustuvor e'tibor berish muhim. Bu asosiy sabablardan biridir. Avvalroq aytdim, suvdan foydalanish va tuproq degradatsiyasi. O‘zbekistonda suvdan juda ko‘p noto‘g‘ri foydalanilgan yoki suv haddan ziyod ko‘p isrof qilingan. Ba'zi yerlar hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqarilgan. Bu ko‘p yillik noto‘g‘ri qo‘llangan amaliyotlar sababli sodir bo‘lgan. O‘zbekistonda ko‘proq tejovchi texnologiyalarni qo‘llash uchun juda katta imkoniyatlar bor. Bu orqali resurslarning hajmi oshmagan holda ko‘proq o‘sishni ta'minlash mumkin», - deydi u.

Ro'yxtga qaytish

03.03.2022
2 mart kuni Vazirlar Mahkamasi inqiroz sharoitida aholi va biznesni qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi qonun loyihasini ma'qulladi. Xususan, hujjat allaqachon amalga oshirilayotgan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlar bir qator uzaytirish va yil 2022 oxirigacha ko'k sub'ektlarining tekshirish bo'yicha moratorium joriy etish nazarda tutadi. DairyNews bir tekshiruvda dolzarb ma'lumotlarni to'pladi.
To‘liq o‘qish
  • Пн
  • Вт
  • Ср
  • Чт
  • Пт
  • Сб
  • Вс
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • 9
  • 10
  • 11
  • 12
  • 13
  • 14
  • 15
  • 16
  • 17
  • 18
  • 19
  • 20
  • 21
  • 22
  • 23
  • 24
  • 25
  • 26
  • 27
  • 28
  • 29
  • 30
  • 31
Taqvim